
Toshkentda OFK ayollar futboli kuniga bag‘ishlangan futbol festivali o‘tkazildi
Festivalni o‘tkazishdan asosiy maqsad bolalar sportini rivojlantirish, yoshlarda futbolga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish, futbolni ommaviylashtirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdan iborat bo‘ldi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining sun’iy qoplamali maydonida o‘tkazilgan festivalda Toshkent shahrining barcha tumanlaridan tashrif buyurgan 7-10 yoshdagi 200 nafardan ortiq qizlar ishtirok etishdi.
Festival yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
Fikrlar