
"Torino" o‘z etakchisini "Tottenxem"ga qo‘yib yubormadi
“Tottenxem” shu yoz “Torino” forvardi Andrea Belottini o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Bu haqda italiyalik jurnalist Janluka di Martsio xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “shporlar” Italiya terma jamoasi a’zosini keyinchalik 50 mln evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi. Ammo turinliklar bunga rozi emas. Ular Belottini to‘liq sotishni xohlashmoqda.
Andrea o‘tgan mavsum A Seriyada 36 ta o‘yinda maydonga tushdi va 16 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt talqiniga ko‘ra uning narxi 35 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar