Tomas Bax: “Pekindagi olimpiya ob’ektlari musobaqalar o‘tkazishga tayyor”

  • 4 yanvar, 2021, 19:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Pekin shahri 2022 yilda qishki Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish uchun tayyor. Bu haqda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax ma’lum qildi.

Tecno

“Biz ushbu yil boshidayoq Pekinda o‘tkaziladigan qishki Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishni boshlashimiz kerak. Xitoylik do‘stlarimizning sadoqati va qat’iyatini ko‘rib turibmiz. Barcha Olimpiya ob’ektlari jahonning eng yaxshi sportchilari uchun tayyor”, – dedi Tomas Bax.

XOQ prezidenti, shuningdek, Tokioning 2021 yilda yozgi Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazishga tayyorligini ta’kidladi: “Tokio hamon tarixda musobaqalarga eng mukammal tayyorlangan Olimpiya shahri bo‘lib qolmoqda. Biz faqat yaponiyalik hamkasblarimizning mehnatlari uchun minnatdorchilik bildira olamiz, xolos”.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!