Tokio-2020 o‘yinlar byudjeti 5.9 milliard AQSh dollariga etdi

  • 22 yanvar, 2020, 09:32
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Tokio metropoliteni va Yaponiya hukumati tomonidan ajratilgan mablag‘larni o‘z ichiga olgan byudjet qiymati 5.9 milliard AQSh dollarini tashkil etadi.

Tecno

Tokio-2020 o‘yinlari Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi (XOQ), homiylar, litsenziyalash va chipta tushumlaridan tushgan 5.9 milliard AQSh dollari miqdoridagi summa bilan to‘liq moliyalashtiriladi. Umumiy harajatlar 5.6 milliard AQSh dollari bo‘lsa, sof foyda 0.3 mlrd AQSh dollaridan iborat bo‘lishi tahmin qilinmoqda.

O‘yinlarni muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun mustahkam moliyaviy poydevorni ta’minlash zarur va kutilmagan muammolarni bartaraf etish maqsadida ushbu 0,3 milliard AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ oldindan sug‘urta sifatida kerak bo‘ladi.

Reklama-marketing faoliyatidagi mahalliy homiylik tushumlar rekord daraja ya’ni 3,3 milliard AQSh dollariga etdi. O‘yinlar startiga yaqin qolgani sari mahalliy tadbirkorlar uchun o‘z bizneslarini o‘sishi uchun ko‘plab imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!