
Tezkor! O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi "Persepolis" bilan kelishuvga erishdi
O‘zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" himoyachisi Hojiakbar Alijonov "Persepolis" bilan kelishuvga erishdi, deya xabar bermoqda fors nashrrlaridan biri "bartarinha ir".
Manbaga ko‘ra, futbolchi va "Persepolis" kelishuvga erishgan. 28 yoshli himoyachi tez orada Eronga yo‘l olishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Alijonovning "sherlar" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning oxiriga qadar mo‘ljallangan. U Superliganing birinchi davrasida 13 ta o‘yinda ishtirok etib, 6 bora sheriklarining goliga assistentlik qilgan.
Fikrlar