Tezkor: Evropa klubi Fayzullaev transferiga oid rasmiy ma’lumot chiqardi

  • 26 iyun, 10:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumkor futbolchisi Abbosbek Fayzullaevning asosiy maqsadi Evropa ligalarida o‘ynash ekanidan xabaringiz bor.

Tecno

“Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblan iqtidorli o‘yinchi 2023 yilning avgustida TsSKA ko‘chib o‘tib, Rossiya Premer-ligasida o‘zini ko‘rsata boshlaganidan beri uning kuchli oigalarga ketishi eng kzp muhokama qilinadigan mavzuga aylanib qoldi.

Abbosbek Fayzullaevning O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 2026 yilgi jahon chempionati mintaqaviy saralash turnirida yuqori darajada o‘ynab, futbolchilarimizning mundialga yo‘llanma olishiga katta qo‘shganidan keyin transfer borasidagi xabarlar yanada ko‘paydi.

Bir necha manbalar Turkiya Superligasining kelasi mavsumida yuqori o‘rinlar va Evrokuboklar yo‘llanmasi uchun kurashishni maqsad qilgan “Bashakshehir” klubi “Roma”dan Eldor Shomurodov va TsSKAdan Abbosbek Fayzullaevni olishga harakat qilayotgani haqida ma’lumotlar tarqatdi.

Xususan, istanbulliklar “Roma”ga murojaat qilib, muzokaralar davomida 29 yoshli o‘zbek forvardi uchun avvaliga 7 million evro taklif qilgani, Frantsiyaning “Renn” klubi  ham Shomurodovni olish harakatiga tushganidan keyin bu summa 8 million evroga ko‘tarilgani haqida xabarlar chiqdi.

Bu orada turklar 21 yoshli Abbosbek Fayzullaev transferi bo‘yicha TsSKAga so‘rov yuborib, moskvaliklarning javobini kutayotgani ma’lum qilindi. Abbosbek Fayzullaev mavsumni boshqalarga nisbatan kech tugatgani tufayli unga ta’til uchun qo‘shimcha vaqt berilgani ortidan yangi bosh murabbiy qo‘l ostidagi mashg‘ulotlarga bormagani transfer borasidagi turli gap-so‘zlarni ko‘paytirib yubordi.

Nufuzli manba – “Sport Ekspress” nashri “Bashakshehir”ning Rossiya Premer-ligasi o‘yinchilari, xususan, Abbosbek Fayzullaevga bo‘lgan qiziqishi darajasini aniqlash maqsadida turk klubi m matbuot xizmatga bog‘lanib, masalaga oydinlik kiritdi.

- Men klubimizdagi skautlar bilan bu transferlar haqida gaplashdim. Ular TsSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzllaev va “Lokomotiv” o‘yinchisi Dmitriy Barinovni transfer qilish tashabbusi yo‘q ekanini maxlum qilishdi, - dedi “Bashakshehir” klubi matbuot kotibi Goxan Yilmaz.

Abbosbek Fayzullaev yakunlangan mavsumda TsSKA tarkibida barcha turnirlarda 39 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini uch marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga sakkizta golli pas uzatdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi “armiyachilar” safida Rossiya Premer-ligasining bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bundan tashqari, Rossiya kubogini ham qo‘lga kiritdi.

Abbosning moskvaliklar bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilning 30 iyunigacha davom etishi belgilangan. Transfermarkt portali ekpertlari o‘zbek futbolchisini 8 million evroga baholamoqda.

Evrokuboklar uchun o‘zbek hujumchisini oling!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Futbollmani
26/06/2025 14:57
Матнни тугрилаб езмнглар-эй жуда куп хато