Terma jamoamiz Dushanbe Grand Slam turnirini 5 ta medal bilan yakunladi

  • 4 may, 20:09
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirgina Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri mezbonlik qilgan "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi turnir o‘z yakuniga etdi. 

Tecno

Uch kun davomida muxlislar murosasiz bellashuvlar guvohiga aylanishdi. O‘zbekiston terma jamoasi musobaqani 1 ta kumush 4 ta bronza medali bilan yakunladi. Muhayyo Ahmatova faoliyatidagi birinchi IJF turniri medalini aynan Dushanbeda qo‘lga kiritdi. U final bahsida Olimpiada chempioni va sovrindori Amandin Busharga imkoniyatni boy berib qo‘ydi, xolos. 

Artyom Shturbabin, Hojiakbar Toshev, Murodjon Yo‘ldoshev va O‘tkirbek To‘raboev terma jamoamizga Dushanbe Grand Slam turnirining bronza medallarini taqdim etishdi. Besh nafar dzyudochimiz beshinchi, yana besh nafari ettinchi o‘rinni egalladi. 

Kumush medal sohibasi

-52 kg: Muhayyo Ahmatova

Bronza medallar

-66 kg: Artyom Shturbabin 
-73 kg: Hojiakbar Toshev
-81 kg: Murodjon Yo‘ldoshev
+100 kg: O‘tkirbek To‘raboev

Musobaqada katta tarkib bilan ishtirok etgan Tojikiston terma jamoasi 4 ta oltin, 3 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Ozarbayjon va Fransiya terma jamoalari kuchli uchlikdan joy olishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!