Terma jamoada o‘ynagan futbolchi uchrashuv vaqtida vafot etdi

  • 17 sentabr, 13:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Serbiya milliy terma jamoasidagi o‘yinlari bilan tanilgan Deyan Milovanovich faxriy futbolchilar o‘rtasida tashkil etilgan uchrashuv vaqtida vafot etdi.

Tecno

41 yoshli sobiq o‘yinchi “Tsrvena Zvezda” veteranlari tarkibida maydonga tushgan edi. O‘yin chog‘ida yurak xurujiga uchradi va hayotdan ko‘z yumdi.

L'Équipe nashrining yozishicha, Milovanovich gol kiritilganidan bir necha daqiqa o‘tib, hushini yo‘qotgan. Voqea joyiga etib kelgan tez yordam vakillari unga birinchi yordamni ko‘rsatganiga qaramay, saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi.

Milovanovich professional faoliyati davomida Serbiyaning “Tsrvena Zvezda” va Vojdovats”, Frantsiyaning “Lans” va Gretsiyaning “Panionios” klublarida o‘ynagan.

2006 yili Deyan Serbiya chempionatining eng yaxshi o‘yinchisi, deb topilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!