Tergov ishlari yakunlandi. Konor Makgregor...

  • 28 mart, 16:12
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Irlandiya Bosh prokuraturasi UFC sobiq chempioni Konor Makgregorni jinoiy javobgarlikka tortmaydigan bo‘ldi.

Tecno

"Konor irqiy adovat qo‘zg‘atishda gumon qilinayotgandi. Milliy politsiya vakili ish bo‘yicha hujjatlarni bosh prokurorga yubordi. U esa, o‘z navbatida, mazkur ishni ko‘rib chiqib, qo‘yilgan ayblovlrni bekor qildi" - deya milliy politsiya vakilining so‘zlaridan iqtibos keltirdi "Irish Mirror" gazetasi.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Konor Makgregor 2023 yil noyabrida Dublindagi migrantlarga qarshi tartibsizliklarni qo‘llab-quvvatlagani uchun etti yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkinligi haqida ma’lumot paydo bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!