Tennischilar Namanganga keldi...

BEPUL PROPAN

Xalqaro tennis federatsiyasi musobaqalari taqvimidan joy olgan “J60” tasnifiga kiruvchi xalqaro turnirga Namangan shahri mezbonlik qilmoqda. O‘smirlar o‘rtasida o‘tayotgan mazkur musobaqada tennischilarimizdan tashqari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Gonkong, Tojikiston va Xitoy kabi davlatlardan kelgan raketka ustalari raqobatlashmoqda.

Yakkalik bahslarining o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi ilk davra uchrashuvlarida hamyurtimiz Nuriddin Baxtiyorov neytral tennischi Nikita Kletsovni 6:0, 3:6, 6:1 hisobida taslim qilgan holda nimchorak finalga chiqdi. Shuningdek, bugun ushbu bosqichda Suhrob Saidov neytral tennischi Artem Svetlov, Abdurahmon Karimov qozog‘istonlik Artem Sidorov, Abdulaziz Usmonjonov neytral tennischi Timur Dautov bilan kuch sinashadi.

Qizlar orasida esa yakkalik bellashuvlarida hamyurtimiz Zlata Chinnova qirg‘izistonlik Safina Habibrahmonovaga qarshi kortga chiqsa, umidli tennischimiz Nigina Alimov qozog‘istonlik Sara Xamitovani sinovdan o‘tkazadi.

Darvoqe, 29 mart kuniga qadar o‘tadigan mazkur turnirning juftlik bahslarida ham ilk bosqich bellashuvlari tashkil etilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!