Ten Xag: Ronaldu borasidagi qarorni o‘zim qabul qilaman

  • 12 avgust, 2022, 19:23
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag "Brentford"ga qarshi APL 2-tur uchrashuvida hujumchi Krishtianu Ronalduning maydonga tushishi borasida fikr bildirdi.

Tecno

“U mashg‘ulotlarda yaxshi qatnashdi. Ronaldu yaxshi formada, shuning uchun to‘liq ikki taym ham o‘ynay oladi.

Asosiy tarkibga kelsak, ertaga hammasini hal qilamiz. Uning dastlabki daqiqalardanoq maydonga tushishi haqidagi qarorni o‘zim qabul qilaman”, - deya ten Xagning so‘zlaridan keltiradi “Manchester Evening News” nashri.

Ma’lumot o‘rnida, "qizil iblislar" APLning birinchi doirasidagi "Brayton"ga qarshi uchrashuvda 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!