Tailandlik futbolchi O‘zbekistonni qanday yutishmoqchi ekanini aytib qo‘ydi

  • 29 yanvar, 2024, 20:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

30 yanvar kuni O‘zbekiston va Tailand terma jamoalar o‘rtasida Osiyo kubogining nimchorak final uchrashuvi o‘tkaziladi.

Tecno

Guruh bosqichida ikki terma jamoa ham beshtadan ochko to‘pladi. O‘z kvartetida eng kuchli raqibni engib, ikkitasi bilan durang qayd etdi.

Tailandliklar o‘z tarixida ketma-ket ikkinchi marotaba nimochrak finalda o‘ynayapti. 2019 yilgi musobaqada ham ular huddi hamyurtlarimiz singari 1/8 finaldan ortga qaytgandi.

Tailand terma jamoasi markaziy himoyachisi Elias Dolax O‘zbekiston futbolchilari bilan bo‘ladigan uchrashuvda qanday o‘yin ko‘rsatilishi haqida gapirdi. 30 yoshli o‘yinchi aslida Evropa futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va faoliyatini Shvetsiya jamoalarida boshlagan. 2015 yili Tailandga ko‘chib o‘tdi. Yarim yildan beri Malayziya chempionatida to‘p tepyapti. Terma jamoa uchun 14 ta o‘yinda bitta gol urgan.

1687399562312-dolah

- Biz musobaqaga haqiqatan yaxshi tayyormiz, aynicha o‘tgan uchrashuvda 11 ta o‘yinchini almashtirgan bo‘lsak-da, raqib bilan durangga erisha oldik. Bu tarkibdagi barcha futbolchilar tayyor ekanidan dalolat beradi, hamma o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi va etarlicha hordiq chiqardi, endi o‘z ishimizni bajarishga tayyormiz.

Shaxsan menga ishtiyoqni saqlab qolishimda hech qanday qiyinchilik yo‘q, chunki Dohada imkon qadar uzoqroq qolmoqchiman. Bu joylar futbolchilar uchun juda ajoyib maskan, mashg‘ulot maydonlarida ham xuddi shunday muhit yaratilgan.

Balki biz asosiy maqsadimizga erishganimiz rostdir, lekin bosh murabbiyimizning maqsadi shu erda qolish va yana to‘rtta o‘yin o‘tkazish, ya’ni finalda o‘ynashdan iborat. U bio‘ga ishonadi va biz ham oxirigacha shu erda bo‘lish uchun kelganmiz, - dedi Elias Dolax.

Qatardagi Osiyo kubogini kuzatib borayotgan futbol ekspertlari yaponiyalik murabbiy Masatada Isii qo‘l ostida tailandliklar himoyada juda tartibli o‘yin ko‘rsatayotgani va buning samarasi o‘laroq, guruh bosqichidagi uchta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolganiga e’tibor qaratmoqda.

Tajribali markaziy himoyachi Elias dolax ham terma jamoaning himoyadagi salohiyatini yuqori baholamoqda.

-  Musobaqada hali gol o‘tkazmaganimiz bu bosh murabbiy va futbolchilarning mehnati samarasi. Murabbiy o‘yin davomida qo‘llamoqchi bo‘lgan rejalarini, qanday o‘ynashimiz lozimligini va bizdan nimalar kutayotganini batafsil tushuntirib beradi.

Biz ham bo‘lajak o‘yin borasidagi o‘z fikr-mulohazalarimizni, qarashlarimizni, tayyorgarlik darajasini unga gapirib beramiz. O‘zbekistonga qarshi bo‘ladigan pley-off uchrashuvi oldidan ham shunday bo‘ladi.

Biz nimchorak final o‘yinida ham birorta gol o‘tkazishni istamaymiz. Darvozamiz daxlsizligini saqlab qolish orqali g‘alabaga erishamiz. Gol urolsak, keyingi bosqichga o‘tamiz. Biz O‘zbekiston bilan bo‘ladigan o‘yinga ishlab chiqqan rejamiz ish berishiga ishonamiz, chunki maqsadimiz – keyingi bosqichga chiqish, - dedi Elias Dolax.

gettyimages-1930408874-1024x1024

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Tailand o‘rtasidagi nimchorak final uchrashuvi 30 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 16:30 da boshlanadi. Bungacha har ikki terma jamoa o‘rtoqlik va rasmiy maqomda 12 marotaba uchrashuv. Oltitadan g‘alaba qozongan.

O‘zaro ilk o‘yinda 9 ta gol yoxud O‘zbekiston va Tailand o‘yini oldidan zo‘r faktlar!

Murosasiz kurash: O‘zbekiston va Tailandning eng kuchli tomoni qaysi?

Legionerimiz yangi jamoasining g‘alabasiga hissa qo‘shdi

Shomurodov faoliyatida yangilik bo‘lishi kutilyapti!

O‘zbekiston “qora an’ana”ga chek qo‘ydi yoxud Qatardagi rekordlar, sensatsiyalar va faktlar

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Liverpool-Afzal
30/01/2024 08:44
Омад йигитлар, Таиландни тор мор этамиз.
&
sadik
30/01/2024 07:47
1-0 busayam yutsin ishqilib
Норов Абдужалил
29/01/2024 21:00
Бу гапи билан дурранг уйнаб пкналтилар сериясидан ютамиз демокчими
Hxyd SHgxg
29/01/2024 20:45
Omad hamyurtlarimizga
АЛИ
29/01/2024 20:00
Tuya hamonni orzu qiladi kamida 3-0 yoki2-1buladi hudo HOHLASA