Taekvondochilarimizga omad tilaymiz

CHERY AUTO

Bugun Gollandiyaning Eyndxoven shahrida taekvondo bo‘yicha G-1 toifasiga kiruvchi navbatdagi yirik turnir start oladi. Ushbu musobaqada terma jamoamiz vakillari ham asosiy tarkib bilan ishtirok etishadi. 

Tecno

Ikki kun davom etadigan turnirda asosiy jamoamizdan quyidagi vakillarimiz dayanga chiqishadi: Bahrom Abdullaev, Temur O‘rolov, Shahboz Shofayziev, Maksim Rafalovich, Dmitriy Shokin, Dinara Mamadibragimova, Umida Abdullaeva hamda Nigora Tursunqulova. 

Sobir Nazaraliev boshchiligidagi o‘smirlarimiz joriy turnirda quyidagi tarkib bilan qatnashadi: Madina Mannopova, Ulug‘bek Rashidov, Jasurbek Jayhunov, Behzod Ibragimov, Durdona Abdulhaeva, Shahzod Jo‘raev, Jasurbek Zokirov, Shahzod Fayziev, Ozoda Sobirjonova va Feruza Solihova. 
 
 
Reglamentga ko‘ra, bugun o‘smirlar toifasida barcha vakillarimiz, shuningdek, kattalardan Maksim Rafalovich hamda Nigora Tursunqulova medallar uchun kurash olib borishadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!