
Taekvondo WT. Behruz Salimov bronza medalini qo‘lga kiritdi
Koreya Respublikasining Chuncheon shahrida o‘tayotgan Taekvondo WT bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining bugungi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. -48 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Behruz Salimov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Kanada, Hindiston, Koreya Respublikasi va Tunis vakillarini mag‘lubiyatga uchratgan hamyurtimiz yarim finalgacha etib bordi. Afsuski, u final ostonasida ispaniyalik Yairo Trigosga imkoniyatni boy berdi va shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.
Shu tariqa, terma jamoamiz hisobidagi medallar hozircha 1 ta oltin va 1 ta bronzani tashkil etmoqda.
Fikrlar