Taekvondo ITF. Vakillarimiz Rossiyadagi xalqaro turnirda 34 ta medal jamg‘arishdi

CHERY AUTO

Joriy yil 23-26 sentyabr kunlari Rossiyaning Ekaterinburg shahrida taekvondo ITF bo‘yicha “EvroOsiyo kubogi-2022” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, “EvroOsiyo kubogi-2022”ning ikkita yo‘nalishida 22 nafar hamyurtimiz O‘zbekiston sharafini himoya qildi.

Quvonarlisi, hamyurtlarimiz xalqaro turnirda munosib ishtirok etib, medallar shodasi bilan yurtimizga qaytadigan bo‘ldilar.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, sportchilarimiz 10 ta oltin, 10 ta kumush hamda 14 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida faxrli 2-o‘rinni egallashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
27/09/2022 10:15
Узбек сайтларига хос одат! Кайси жамоа биринчи, кайси жамоа 3-урин олди. Бу маълумотлар йук. Эхтимол 2тагина жамоа катнашган булса, бизнинг жамоа 2-урин олган.