Taekvondo. Iordaniyadagi xalqaro turnir ilk kunida dayanga chiqqan sportchilarimizning barchasi shohsupadan joy oldi

  • 9 noyabr, 2023, 22:42
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm
BEPUL PROPAN

Iordaniyaning Amman shahrida taekvondo WT bo‘yicha kattalar o‘rtasida G2 tasnifidagi "Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti kubogi" musobaqasi start oldi.

Turnirning ilk kunida O‘zbekiston milliy terma jamoasining uch nafar a’zosi Jasurbek Jaysunov, Nikita Rafalovich hamda Feruza Sodiqova bahslarda ishtirok etdi va quvonarlisi, barcha sportchilarimiz kun yakunida g‘oliblar qatoridan joy oldi.

Kumush:

Jasurbek Jaysunov
Nikita Rafalovich

Bronza:

Feruza Sodiqova.

Ertaga turnirning so‘nggi kunidan o‘rin olgan bellashuvlar o‘tkaziladi. Unda terma jamoamiz a’zolari Shuhrat Salaev hamda Svetlana Osipova ishtirok etadi.

O‘zbekiston taekvondo federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!