
"Surxon" evropalik hujumchini o‘z safiga qo‘shib oldi
Termizning “Surxon” klubi transfer oynasi yopilayotgan mahalda tarkibiga yangi legionerni qo‘shib oldi. Sports.uz ma’lumotiga ko‘ra, 1989 yilda tug‘ilgan serbiyalik hujumchi Miroslav Markovich yangi mavsumni “Surxon” safida boshlashga rozilik berdi va rasman shartnoma imzoladi.
Markovich Serbiyaning “Partizan” klubi tarbiyalanuvchisi. Shu kungacha ko‘plab klublarda o‘ynadi. Sloveniya, Slovakiya, Chexiya, Gretsiya, Marokash, Serbiya hamda Rossiya chempionatlarida to‘p surdi. Uning oxirgi klubi – “Baltika” jamoasi hisoblanadi.
Fikrlar