
Superliganing 22-turi ham yakunlandi. Turnir jadvali bilan tanishing
Xabaringiz bor, biroz avval "Qizilqum" - "Nasaf" (0:1) o‘rtasidagi bellashuv orqali Superliganing 22-turi ham o‘z nihoyasiga etdi.
Ushbu turdan so‘ng turnir jadvalining umumiy ko‘rinishi bilan tanishing.
Mazkur turda bir necha qiziqarli uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. OKMK o‘z uyida "Bunyodkor"ni qabul qilib, 5:1 hisobida taslim etdi. "Buxoro" esa "Navbahor" bilan kuch sinashib, 5:0 hisobida namanganliklarni engdi. "Neftchi" esa Farg‘onada Samarqandning "Dinamo"sini qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bundan tashqari, "Andijon" ham bugun "So‘g‘diyona" bilan jangovar durang o‘ynadi (2:2).
Fikrlar