
Superliga. "Lochinlar" "Bunyodkor"da "qaldirg‘ochlar"ni taslim etgan bahsdan fotogalereya!
Superliganing 10-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Navbahor" o‘yini bo‘lib o‘tdi va unda mehmonlar zafar quchishdi.
Dastlab, penaltidan Ashortia hisobni ochgan bo‘lsa, Jiyanov ham 11 metrlik jarima zarbasidan imkoniyatlarni tenglashtirdi. Ikkinchi taymda Jiyanov dublni rasmiylashtirdi. Shundan keyin zaxirdan maydonga tushgan Komilov farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. So‘nggi daqiqalarda esa Kachorri hisobni 2:3 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.
Shu tariqa, Namangan klubi turnir jadvalida 4, "qaldirg‘ochlar" esa 5-o‘ringa joylashishdi. Quyida o‘yindan fotolavhalarni tomosha qiling:




































































Fikrlar