
Superliga. Bir kishi kam bo‘lib qolgan "Bunyodkor" "kichik Toshkent derbisi"da "Olimpik" bilan durang o‘ynadi
O‘zbekiston Superligasi 22-turidan o‘rin olgan "Olimpik" - "Bunyodkor" bahsi yakunlandi. Unda tomonlar 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
"Olimpik"ning goliga penaltidan unumli foydalangan Jasur Jaloliddinov mualliflik qildi. "Qaldirg‘ochlar" goliga Davron Ergashev mualliflik qildi. Shuningdek, "Bunyodkor" safida Suhrob Izzatov 8-daqiqada qizil kartochka olib, maydonni erta tark etdi.
Shu tariqa, "olimpiyachilar" 21 ochko bilan 11-o‘rinda qoldi. 28 ochkosi bor "Bunyodkor" 8-pog‘onadan joy egallagan.
Fikrlar