
Superliga. Bir kishi kam bo‘lib harakatlangan "Buxoro" "Turon"ni mag‘lub qildi
Superliganing ilk turida "Buxoro" "Turon" mehmoni bo‘ldi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, 30-daqiqada Humoyunmirzo Iminov hisobni ochdi. 46-daqiqada Anri Chichinadze imkoniyatlarni tenglatirdi. 51-daqiqada Fayzullo Jumanqo‘ziev ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydonni tark etdi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Temurbek Ismoilov raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa, "Buxoro" 3 ochkoni qo‘lga kiritib, turnir jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar