Superklubda katta yo‘qotish

  • 20 avgust, 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavumda Angliya Poemer-ligasi g‘olibligiga asosiy da’vogarlardan biri sifatida e’tirof etilayotgan “Arsenal” chempionat boshidayoq katta yo‘qotishga uchradi.

Tecno

Taniqli jurnalist Devid Ornshteyning tasdiqlashicha, jamoaning germaniyalik hujumchisi Kay Xaverts tizzasidan jarohat olgan.

Tez orada klub tibbiyot xizmati xodimlari o‘yinchini ko‘rikdan o‘tkazib, jarohat darajasi va tiklanish muddatini aniqlaydi. Biroq klub mutasaddilari hozirdan boshqa hujumchi qidirishga kirishgani jarohatning jiddiyligidan dalolat bermoqda.

26 yoshli legioner o‘tgan mavsumda 36 ta o‘yinda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 15 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga beshta golli pas uzatgan edi. Xaverts o‘tgan gal ham jarohatlar tufayli 20 dan ortiq uchrashuvni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!