
Superklub “Real”ning eng zo‘r hujumchisini so‘rayapti
PSJ rahbariyati jamoani tark etgan Kilian Mbappe o‘rniga ko‘p gol ura oladigan kuchli hujumchi qidiryapti.
Ma’lumotlarga qaraganda, parijliklar yana “Real” forvardi Vinisius Junior nomzodiga qaytgan.
PSJ braziliyalik futbolchini o‘tgan yozda o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi. Biroq Vinisius madridliklar bilan kelishuvni 2027 yilning yarmigacha uzaytirishga qaror qilgandi.
PSJ Vinisiusni transferi qilishi uchun katta xarajatga tayyor bo‘lishi kerak. Chunki 23 yoshli to‘purar 180 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar