
Super hujumchi xursand bo‘ldi
36 yoshli hujumchi Karlos Teves Argentina grandi “Boka Xuniors” bilan amaldagi shartnomasini uzaytirdi.
Argentinalik futbol yulduzining yoshi o‘tib qolayotganiga qaramay, gol urish bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga erishmoqda. Joriy mavsumda Teves Argentina chempionatida 17 ta o‘yinda to‘qqizta gol urdi.
Karlos Teves faoliyatining cho‘qqisi davrida Evropada “Vest Xem”, “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti”, Yuventus” klublari sharafini himoya qilgan. Shuningdek, o‘z yurtidan tashqari Braziliya va Xitoy chempionatlarida ham o‘ynagan.
Fikrlar