
Sulsherdan norozi futbolchi MYudan ketadi
“Manchester Yunayted”ning etakchi futbolchilaridan hisoblangan Nemanya Matich mavsum yakunlanishi bilan klubni tark etishni rejalashtiryapti.
32 yoshli serbiyalik yarim himoyachi faoliyatini “Inter” tarkibida davom ettirishga qiziqmoqda. Ayni paytda milanliklar vakillari Matich bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
“Manchester Yunayted” bilan 2023 yilning yozigacha shartnomaga ega bo‘lgan Matichga joriy mavsumda maydonga kam tushayotgani yoqmayapti. Doimo asosiy tarkibda to‘p tepishga ko‘nikib qolgan tajribali yarim himoyachi hozircha to‘rtta uchrashuvda o‘ynadi xolos. Shu bois, u tezroq jamoadan ketmoqchi.
Fikrlar