
Sulsher: Uning tajribasi biz uchun kerak bo‘ladi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher yarim himoyachi Nemanya Matich bilan imzolangan yangi shartnoma haqida to‘xtalib o‘tdi.
"Matich biz bilan qolganidan xursandman. U o‘tgan yillar mobaynida biz uchun muhim futbolchi ekanligini ko‘rsatib bo‘ldi. U bizga Premer-liga unvoni uchun kurashda yordam beradi.
Bizning yosh yigitlar maydonda yugurishayotganda (kuladi) uning tajribasi biz uchun kerak bo‘ladi. Shunday ekan uni jamoamizda olib qolganimizdan xursandman", - deydi Sulsher.
Fikrlar