
Sulsher klubga qarshi bosh ko‘targan fanatlar bilan “razbor”ga chiqdi!
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher klub bazasiga kelib, noroziligini namoyish qilayotgan ashaddiy muxlislar bilan muammoni muhokama qilib oldi.
- Men ularning oldiga chiqib, jamoa yaqin kelajakda nimalar bilan shug‘ullanishini aytdim. Tafsilotlarga berilmagan holda bu suhbatdan mamnun ekanimni aytaman. Menimcha, futbol muxlislarsiz hech narsa emas va shu bois, biz ularni eshitishimiz kerak. Ishqibozlar bilan suhbatlashib, ularga biz jamoa sifatida o‘sishni va rivojlanishni istayotganimizni ko‘rsatish, mening vazifalarim doirasiga kiradi. Shuningdek, men jamoani sovrinlar yutadigan darajaga olib chiqishim kerak, - dedi Sulsher.
Ma’lumki, kuni kecha “Manchester Yunayted”ning ashaddiy muxlislari norozilik bildirib, klub bazasining har ikki darvozasini to‘sib qo‘ygandi. Keyinroq, fanatlar mashg‘ulot maydonigacha kirib bordi va Sulsherni uchrashuvga chaqirtirdi.
Muxlislar klub egasi – Gleyzerlar oilasining ketishini talab qilmoqda.
Fikrlar