
Suares yangi mavsumda ham "Atletiko"da qoladimi?
"Atletiko" hujumchisi Luis Suares o‘zining Madrid klubidagi kelajagi borasida gapirdi.
34 yoshli urugvaylik futbolchining “matraschilar” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. Biroq tomonlar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, agar futbolchi o‘zi istasa 2021 yilning yozida ham jamoani tark etish huquqiga ega.
"Qolishimga to‘liq ishonchim komil. Bu erda meni juda yaxshi qabul qilishdi, ilk daqiqalardanoq munosabat ajoyib bo‘ldi", - dedi Suaresa Marca nashriga bergan intervyusida.
Luis Suares "Atletiko" safiga 2020 yilning sentyabrida "Barselona"dan erkin agent sifatida ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum jami 38 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 21 ta gol hamda 3 ta assist yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar