
Suares Urugvay terma jamoasidagi faoliyatini qachon yakunlashini aytdi
“Atletiko” forvardi Luis Suares Urugvay terma jamoasidagi faoliyatini qachon yakunlashini ma’lum qildi.
“Men Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga borishni va keyin terma jamoadagi faoliyatimni yakunlashni rejalashtirganman. Men yoshim tufayli terma jamoadan ketmoqchiman. Yosh futbolchilarga aralashmoqchi emasman, ularga ham yo‘l berish kerak. Qat’iy qarorlar qabul qilish vaqti vaqt keladi”, - dedi 34 yoshli futbolchi.
Suares Urugvay terma jamoasida 2007 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 116 ta o‘yinda maydonga tushdi va 63 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Suares joriy mavsum “Atletiko” safida 36 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 19 ta gol yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar