
Suares "Atletiko"da qoladimi?
“Atletiko” Madrid prezidenti Enrike Sereso urugvaylik hujumchi Luis Suaresning jamoadagi kelajagi haqida gapirdi.
“Bu biz uchun haqiqiy omad bo‘ldi. U yana bir yil jamoamizda qolishi mumkin. O‘ylaymanki, bu amalga oshadi. Ammo bu birinchi navbatda uning o‘ziga bog‘liq. U shartnomasini bajaradi va hech qanday muammo bo‘lmaydi”, – dedi Sereso.
34 yoshli Suares “Atletiko” safiga o‘tgan yilning yozida “Barselona”dan kelib qo‘shilgan edi. U joriy mavsum “matraschilar” safida jami 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 20 ta gol yozdirib qo‘ydi.
Suares bundan avvalroq Qatardagi mundialdan so‘ng Urugvay terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi haqida ma’lum qilgan edi.
Fikrlar