Srechko Katanets: "Faqatgina maydon masalasida muammolar bo‘ldi"

  • 18 noyabr, 2024, 16:04
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga Jahon chempionati saralashi doirasidagi KXDR - O‘zbekiston uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Mazkur o‘yin oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi va unda Srechko Katanets va Jaloliddin Masharipov qatnashdi.

Tecno

"Birinchi o‘yindan so‘ng bizda tayyorgarlik uchun etarlicha vaqt bo‘ldi. 4 kun ichidabarcha futbolchilar mashg‘ulot olib bordi. Faqatgina maydon masalasida muammolar bo‘ldi. Tayyorgarlik vaqtida maydon holati yaxshi emas edi. Ertaga bizni juda muhim o‘yin kutib turibdi va ijobiy natija hal qilish uchun qo‘ldan kelgan barcha ishni qilamiz.

Saralashning barcha o‘yinlarini yo‘qotishlarisiz o‘tkazish qiyin. Shu sababdan ertaga maydonga tushadigan o‘yinchilar o‘zini qo‘rsata oladi deb o‘ylayman. Ular imkoniyatdan maksimal foydalaan oladi", - dedi termamiz ustozi.

"Assalomu alaykum barchaga. Birinchi o‘yinni o‘tkazib oldik. Ertangi o‘yingi tayyormiz. Murabbiy aytib o‘tganidek, mashg‘ulotlar paytida maydon bilan bog‘liq muammolar bo‘ldi. Lekin hozir unaqa narsalarga qaraydigan payt emas deb o‘ylayman. Ertaga qo‘limizdan kelganicha g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Bu erga 3 ochkoni qo‘lga kiritish uchun keldik. 

Biz kuchli terma jamoamiz. Bunaqa o‘yinlarda kuchli terma jamoalar ikkita ketma-ket o‘yinda mag‘lub bo‘lmaydi. Ertangi bellashuvda buni isbotlaymiz va muxlislarni xursand qilamiz", - dedi Masharipov.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Duvlan
18/11/2024 16:27
Қатардиги ўйиндаям силага ишонгандик