SPORTS.uz Belgrad-2021: O‘zbekistonlik Saidjamshid Jafarov jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi

  • 26 oktabr, 2021, 23:43
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Serbiyaning Belgrad shahridagi boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionatining ikkinchi kungi janglari bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

26 oktyabr sanasiga belgilangan uchinchi hamyurtimiz Saidjamshid Jafarov (-75 kg)ning jangi boshlanish arafasida. U slovakiyalik Fernezaga qarshi ringga chiqadi. Jafarov ishtirokidagi jang bir necha daqiqadan so‘ng start oladi.

Ikki bokschi ringga chiqib keldi. Vakilimiz qizil rangli formada jang qiladi. Uning raqibi esa ko‘k libosda harakat qiladi. 

Birinchi raund boshlandi. Saidjamshid ilk daqiqalarni yaxshi boshladi. Zarbalar berishga urinmoqda. Biroq Slovakiyalik bokschi ham qolishmayapti. Imkon qadar zarba yo‘llamoqda. Hamyurtimiz ehtiyotkorroq harakat qilyapti.

Birinchi raund yakunlandi.

Ikkinchi raund boshlandi.

Saidjamshid chap qo‘lda kuchli zarbalar yo‘llayapti. Shuni aytish kerakki uning o‘ng qo‘l zarbasi ham ancha kuchli.

Aksariyat mutaxassislar bu jangda hamyurtimizning ustunligini taxmin qilgandi. Lekin Slovakiyalik bokschi anoyilardan emasligini ko‘rsatmoqda.

Mana shu pallada ikkinchi raund yakunlandi.

Uchinchi raund boshlandi.

Oxirgi raundda ikki bokschi ham ochkolar jamg‘arishga harakat qiladi. Vakilimiz chap qo‘lda zarba bermoqda. Ularning ayrimlari manzilga aniq etib bormayapti. Lekin harakat yomon emas.

Bo‘ldi, shu pallada jang yakunlandi. Hakamlar qaroriga ko‘ra Saidjamshid g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
26/10/2021 23:05
Омад тилаб фақат ғалабани кутиб қоламиз. Олға Саиджамшид. Биз сенга ишонамиз.