"Sport Ekspress" nashri Sergey Yuran masalasida "Andijon" matbuot xizmati bilan bog‘landi

  • 6 dekabr, 2022, 18:55
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

So‘nggi paytlarda matbuotda “Andijon” futbol klubida rossiyalik taniqli mutaxassis Sergey Yuranning bosh murabbiy sifatida ishlashi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqaldi.

Tecno

Aftidan, bunday gap-so‘zlar Rossiyaga ham etib borgan. Ularni ham Sergey Yuranning chindan “Andijon” klubida ish boshlaydimi, degan savol qiziqtirmoqda.

Taniqli nashrlardan biri – “Sport Ekspress” bu mavzuga to‘xtaldi. Jumladan, mazkur nashr jurnalisti Konstantin Belov Yuran atrofidagi masala bo‘yicha “Andijon” klubi matbuot kotibi Shuhratbek Jo‘raev bilan bog‘landi.

“Bunday ma’lumotni eshitdim. Lekin Yuranda “Andijon” bosh murabbiyi bo‘lish imkoni yo‘q. Hozir bizda jamoa ustozi Viktor Kumikov hisoblanadi. U bilan o‘rtadagi shartnomani uzaytirish yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda, - dedi Jo‘raev “SE” muxbiriga.

Yuranning oxirgi ish joyi “Ximki” klubi hisoblanib, u o‘sha erda joriy yilning avgustiga qadar faoliyat olib borgan, - deya yozmoqda “SE”.  

Kuni kecha Sergey Yuran aynan Sports.uz saytiga bergan intervyusida O‘zbekistondan 2 ta klub xizmatiga qiziqish bildirayotganini, biroq jamoalarning nomlarini oshkor qilmoqchi emasligini aytgan.

Sergey Yuran SPORTS.UZ muxbiriga: "O‘zbekistonning 2 ta klubidan taklif oldim, bu erda ishlash men uchun yoqimli, Oston O‘runovni "Ximki"ga chaqirmoqchi edim"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!