Sport arbitraj sudi frantsuz klubi bo‘yicha bayonot berdi

  • 11 avgust, 21:39
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning "Lion" klubi joriy mavsumda Evropa Ligasida ishtirok etishi bo‘yicha Sport arbitraj sudi (CAS) qarori yuzasidan bayonot berdi.

Tecno

"Olimpik Lion" klubi Sport arbitraj sudining bugungi qarori bilan Evropa ligasining 2025/2026 yilgi mavsumida ishtirok etishini tastiqladi. CAS klubning UEFA qoidalariga rioya qilishini tekshirdi va hozirgi vaziyat hech qanday o‘zgarishni talab qilmaydi, degan xulosaga keldi.

Bu qaror "Olimpik Lion"ning butun jarayon davomida qo‘llab-quvvatlagan pozitsiyasini uzil-kesil tasdiqlaydi va bu mavsumda Evropa Ligasidagi ambitsiyalarini mustahkamlaydi", - deyiladi klub rasmiy saytidagi bayonotda.

"Kristal Pelas" Angliya kubogidagi g‘alaba tufayli Evropa ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi, ammo klubning asosiy aktsiyadori Jon Tekstor "Lion"ning nazorat paketiga egalik qiladi, shu sababli APL klubi turnirda ishtirok etmaydi.

UEFA reglamentiga ko‘ra, bir xil mulkdorga ega klublar bir xil turnirda ishtirok etishi taqiqlanadi, shu sababli Tekstor "Kristal Pelas"ning 43 foiz ulushini sotishga majbur bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!