
"Spartak"da o‘ynayotgan jahon chempioni Superliga klubiga o‘tishi mumkin
Mavsumni Moskvaning “Spartak” klubida o‘tkazayotgan “Borussiya D” yarim himoyachisi Andre Shyurrle faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishi mumkin.
Fanatik nashrining xabar berishicha, germaniyalik futbolchiga “Beshiktosh”dan jiddiy takliflar bo‘lmoqda. Moskvaliklar esa “Borussiya”dan Shyurrlening transferini sotib olishmoqchi emas. Shu bois nemis klubi uning xizmatlarini “Beshiktosh”ga taklif qilgan.
Andre Shyurrle joriy mavsum Rossiya premer-ligasida 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar