Son "Tottenxem" bilan xayrlashdi: "Bu klub abadiy qalbimda qoladi"

  • 4 avgust, 02:45
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yakshanba kuni Osiyoda o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida "Tottenxem" va "Nyukasl" 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Ushbu bellashuv Son Xyon Min uchun londonliklar tarkibidagi so‘nggi o‘yin bo‘ldi.

Tecno

Ushbu bellashuvning 65-daqiqasida u maydonni tark etar ekan, har ikki jamoa futbolchilari va muxlislar uni olamshumul olqishlar bilan kuzatishdi.

"Xayrlashish vaqti keldi. "Tottenxem" abadiy mening qalbimda qoladi", – dedi Son o‘yindan so‘ng.

Janubiy koreyalik hujumchi "shporlar" safida 10 mavsum to‘p surdi. Bu vaqt mobaynida u 454 ta o‘yinda maydonga tushib, 173 ta gol urdi va 101 ta golli pas bilan hamkasblarini to‘p bilan ta’minladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!