"So‘g‘diyona" 14 o‘yindan beri Superligada g‘alaba qozona olmayapti, "Neftchi" esa ajoyib natijalar qayd etmoqda (qiziqarli ma’lumotlar)

  • 19 mart, 2023, 14:07
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Superligada 3-tur o‘yinlari davom ettirildi. Bo‘lib o‘tgan ikki o‘yindan so‘ng O‘zPFL matbuot xizmati ayrim qiziqarli ma’lumotlarni e’lon qildi.

Tecno

"So‘g‘diyona"ning Superligadagi g‘alabasiz seriyasi 14 ta o‘yinga etdi. Oxirgi marta klub o‘tgan mavsumda 15-tur doirasida "Dinamo"ni mag‘lub etgandi - 2:1.

"Neftchi" 2007 yildan buyon ilk bor dastlabki 3 bahsni o‘z foydasiga hal qildi. Bunday xodisa shu vaqtga qadar 5 marta sodir bo‘lgan bo‘lib, o‘sha mavsumlar so‘nggida farg‘onaliklar kuchli to‘rtlikdan pastki o‘rinni egallashmagan.

"Andijon" "Bunyodkor"ga qarshi 25-o‘zaro o‘yinda ham g‘alaba qozona olmadi (19 mag‘lubiyat, 6 durang).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Neftchi
19/03/2023 21:22
Neftchi 3-1 OKMK
&
Neftchi
19/03/2023 21:21
Navbat OKMK ga Qosimov Fargonadagi mağlubiyati prosta daxshat