Sobirjonov, Lukich, Sidorov yoxud yangi mavsumda “Qo‘qon-1912” sharafini himoya qiladigan futbolchilar

  • 24 fevral, 2021, 16:52
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi futbol mavsumi yaqinlashgan sari muxlislar ko‘nglida jamoalar qaysi futbolchilar bilan shartnomalarni imzoladi degan savol qiziqtiradi. “Qo‘qon-1912” jamoasi o‘tgan mavsumda o‘zlarining chiroyli o‘yinlari bilan muxlislar mehrini qozongan ko‘plab futbolchilar bilan shartnomalarni uzaytirgani haqida xabar bergan edik.

Tecno

Shuningdek jamoa safiga yangi qo‘shilgan futbolchilar bilan ham bugungi kunda shartnomalar imzolangan. Quyida bu yilgi mavsumda “Qo‘qon-1912” jamoasi sharafini himoya qiladigan asosiy tarkib futbolchilarining ro‘yxati bilan tanishing. Futbolchilar maydonda harakat qiladigan raqamlari bilan ko‘rsatilgan.

Darvozabonlar: 1.Muzaffar Abdullaev, 16.Eldor Adhamov, 46.Xurshid Xo‘jaev

Himoyachilar: 23.Aleksandr Merzlyakov, 3.Bobur Akbarov, 33.Ivan Yosovich, 5.Slavko Lukich, 70.Murod Xolmuhammedov, 14.Avazxon Mamatxo‘jaev, 4.Ilxomjon Vahobov

Yarim himoyachilar: 15.Oybek Rustamov, 20.Iqbol Malikjonov, 8.Farhod Bekmurodov, 22.Muhammadanas Xasanov, 13.Sardor Azimov, 7.Asadbek Sobirjonov, 19.Suhrob Berdiev, 17.Sardor Etovqo‘ziev, 18.Anvarjon Xojimirzaev, 91.Yakuba Bamba, 26.Jamshid Rahmatullaev

Hujumchilar: 10.Shohnazar Norbekov, 11.Mo‘min Meliev, 9.Xamidillo Abduxamidov, 99.Andrey Sidorov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!