Slot: "Kutganimizdan ancha yuqori natija ko‘rsatdik"

  • 17 sentabr, 01:08
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, "Liverpul" Premer-liganing dastlabki to‘rt turini ochko yo‘qotmasdan o‘tkazdi. Bu haqda mersisaydliklar bosh murabbiyi Arne Slot fikr bildirdi.

Niderlandiyalik mutaxassis tarkibning yozgi qayta tuzilishini hisobga olgan holda yomonroq natija kutganini e’tirof etdi.

Tecno

- Biz kutganimizdan ancha yuqori natija ko‘rsatdik. Bu yozda nima bo‘lganini barchamiz bilamiz, ammo Premer-liganing to‘rtta o‘yinida 12 ochko to‘plash - ajoyib natija. Jamoadagi shuncha o‘zgarishlardan so‘ng ahvol ancha yomonroq bo‘lishini kutgandim, - dedi Slot.

Chorshanba kuni Chempionlar ligasi guruh bosqichining birinchi turida "Liverpul" o‘z maydonida "Atletiko"ni qabul qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!