Sizdan maktub: Maydonda hayvon emas, sizning bolangiz to‘p tepmoqda

  • 22 mart, 2019, 00:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jumladan klublar akademiyasiga e’tibor kuchaytirildi, yosh futbolchilar uchun jahon futbolining taniqli kishilari ishtirokida futbol-shoulari, mahorat darslari o‘tkazilmoqda.

Tecno

Xullas, bolalar futboli rivojida ko‘plab ishlar qilinmoqda, ammo futbol maktablarida tahsil olayotgan bolakaylarning ota-onalari hamon masalaga eskicha qarab, raqib jamoa a’zolarini haqorat qilayotgani borasida tahririyatimizga xat kelib tushdi. Quyida ushbu xatni hukmingizga havola qilamiz.

16 mart, shanba kuni bolalar futboli o‘rtasida Toshkent shahar chempionatida "Lokomotiv" va "Odil Junior" jamoalari o‘ynadi. 2011 yilda tug‘ilgan yosh futbolchilar uchrashuvida yaxshi o‘yin ko‘rsatayotgan "Lokomotiv" o‘yinchilarini "Odil Junior" jamoasi futbolchilarining ota-onalari haqorat qila boshlashdi. Ular yosh, endigina o‘sib kelayotgan bolalarni turli hayvonlar nomi bilan so‘kishga o‘tishdi. Hali o‘n yoshga ham to‘lmagan bolalarni bunday haqorat qilish, so‘kish ularning ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydimi?

Kelasi o‘yinlarda "Odil Junior" futbolchilari ota-onalaridan o‘zlarini madaniyatli tutishlari, yosh o‘yinchilarga salbiy emas, balki ijobiy xulqi bilan o‘rnak bo‘lishlarini so‘rab qolardik. Chunki bolalar oldida o‘zini bunday tutish aqlli insonga xos jihat emas. Qolaversa, bu bizning diniy va millat qadriyatlarimizga ham umuman mos kelmaydi. Qolaversa, "Odil Junior" jamoasi murabbiyi ham o‘z futbolchilari ota-onalaridan tinchlanishni so‘ramadi. Bunday holatlarda murabbiylarning ota-onalarga aytadigan gapi ham ko‘pchilikning o‘zini bosib olishini ta’minlaydi. Biroq o‘sha o‘yin mobaynida bunday vaziyatga guvoh bo‘lmadik.

Bir jamoa o‘yinchilarini haqorat qilish kattaroq janjal keltirib chiqarish ehtimoli yo‘q emas. O‘sha kungi holat o‘zlarini insondek tutmagan ota-onalarga oxirgi saboq bo‘ladi deb umid qilamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!