
"Siti"ning yangi futbolchisi o‘z oldiga katta maqsad qo‘ydi
Rayan Sherki "Oltin to‘p" mukofotini qo‘lga kiritishni istamoqda.
- Rodriga e’tibor bering, u bu erda "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritdi. "Manchester Siti"da bunga erishish mumkinligi aniq va men aynan shu maqsadda bu erdaman.
Men g‘alaba qozonishni xohlayman va "Manchester Siti" ham barcha musobaqalarda g‘olib bo‘lishni istaydi deb o‘ylayman. Bu men uchun yanada yaxshiroq, - dedi "Lion"dan sotib olingan yarim himoyachi.
Ma’lumot uchun, Rodri 2024 yilda "Oltin to‘p" sovrinini qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar