“Siti”dan markaziy himoyachi ketganini rasman e’lon qilindi

  • 6 avgust, 17:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” iqtidorli markaziy himoyachi Jaxmay Simpson-Pyuzini o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi va tajriba to‘plashi uchun ijaraga berib yubordi.

Tecno

Bir necha manbalarning tasdiqlashicha, 19 yoshli futbolchi Shotlandiya chempionatiga yo‘l oldi. Endi u bir mavsum davomida mamlakatning eng qudratli klubi “Seltik” sharafini himoya qiladi.

Jaxmay Simpson-Pyuzi “Manchester Siti” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bu futbolchi “shaharliklar”ning ikkinchi jamoasi sardori va etakchi hisoblanadi.

O‘tgan mavsumda Xosep Gvardiola himoyachini Angliya Premer-ligasi va Evropa Chempionlar ligasining ikkitadan uchrashuviga jalb qilgan edi.

Transfermarkt tomonidan besh  million evroga baholanayotgan Simpson-Pyuzi “Seltik”da to‘rtinchi raqam ostida to‘p tepadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!