“Siti” superfutbolchini transferga ko‘ndirdi

  • 27 may, 08:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” yozgi transferlar oynasi davrida ham tarkibiga yangi ijrochilarni jalb qilish siyosatini davom ettirishi kutilmoqda.

Tecno

Xosep Gvardiola maydon markazini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Tuttomercatoweb nashrining yozishicha, “shaharliklar” Italiya chempionatining eng yorqin yulduzlaridan Tijani Reyndersni hamkorlikka ko‘ndirgan. Tomonlar o‘yinchining shaxsiy shartnomasi bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishdi.

Endi manchesterliklar “Milan” klubi xo‘jayinlari bilan transfer summasini kelishib olsa, niderlandiyalik futbolchi Angliyaga yo‘l oladi.

Manbaga ko‘ra, Xosep Gvardiola 26 yoshli futbolchi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati boshlanadigan sana – 15 iyungacha jamoaga qo‘shilishini istayapti.

 Transfermarkt portali Tijani Reyndersni 50 million evroga baholagan, biroq “Milan” o‘z etakchisini undan qimmat narxga sotadi. Reynders yakunlangan mavsumda 54 ta uchrashuvda qatnashib, 15 ta gol va beshta assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!