“Siti” muxlislariga katta hushxabar
- 23-апрел, 08:51
- Zohir Toshxo’jayev
- 0
- Futbol
“Manchester Siti” Angliya Premier-ligasida 33-turdan so‘ng musobaqa peshqadami bo‘lgan yillari hech qachon chempionlikni qo‘ldan chiqarmagan
Xosep Gvardiola shogirdlari chempionatning 34-turida safar uchrashuvida “Bornli”ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bu g‘alaba orqali “shaharliklar” ochkolari sonini 70 taga yetkazib, musobaqa jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Opta ma’lumotiga ko‘ra, “Siti” 33-turdan keyin peshqadam bo‘lgan holatlarda hech qachon chempionlikni boy bermagan.
Joriy mavsumda jamoa oxirgi marta birinchi turdan so‘ng avgust oyida jadvalda 1-o‘rinni egallagan edi. Yaqingacha “Arsenal” futbolchilari “Siti”dan 9 ochko farq bilan oldinda edi, ammo ular ustunlikni saqlab qola olmadi.
Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” so‘nggi 22 yil davomida chempion bo‘la olmagan. “Kanonirlar” bir necha mavsumdan beri uzoq muddat chempionatda peshqadamlik qilganiga qaramay, hal qiluvchi pallada raqiblarini oldinga o‘tkazib yuboryapti.