- #Portugaliya
- #Ispaniya
- #Frantsiya
- #Angliya
- #Futbol bo‘yicha jahon chempionati
- #Xarri Keyn
- #Usmon Dembele
- #Norvegiya
- #Oltin to‘p
- #Erling Xoland
- #Lamin Yamal
- #Joau Nevesh
- #Vitinya
- #Maykl Olise
Jahon chempionati Oltin to‘p g‘olibini aniqlashda qanchalik ta'sir o‘tkazadi?
- Бугун, 11:33
- Улуғбек Хошимов
- 0
- Futbol
Futbol olamida eng yuqori darajadagi individual sovrin Oltin toʻp hisoblanadi. Ushbu sovrinni mavsum davomida eng yuqori darajada harakat qilgan, individual va jamoaviy sovrinlarni eng koʻp yutgan futbolchi qoʻlga kiritadi.
Joriy mavsumda koʻplab futbolchilar oʻzining yuqori klassdagi oʻyinini koʻrsatib kelmoqda. Lamin Yamal, Harri Keyn, Erling Xoland, Kilian Mbappe Maykl Olise va yana bir nechta futbolchilarni sanash mumkin. Joriy yilda jahon chempionati bahslari boʻlib oʻtishini inobatga olsak, katta ehtimol bilan mundial gʻolibligini qoʻlga kiritgan terma jamoa futbolchisida Oltin toʻpni yutish imkoniyatlari baland boʻladi. Bu tarafdan olib qaralsa, Erling Xolandda imkoniyat eng kam desak boʻladi. Chunki Norvegiya terma jamoasining mundialda gʻalaba qozonish imkoniyati deyarli ilojsiz. Kilian Mbappe esa terma jamoasi safida boshqacha futbolchiga aylanadi va mundialda uning ham imkoniyat darajasi yuqori. Biroq Fransiya turnirda gʻolib boʻlsa-yu, "Bavariya" klubi Yevropa Chempionlar ligasida zafar quchadigan boʻlsa, tarozining pallasi Maykl Olise tomonga ogʻib ketadi. Amaldagi Yevropa chempioni Ispaniya terma jamoasi jahon chempionatida ham furor koʻtaradigan boʻlsa, Yamal katta sahnaga chiqishi ham mumkin. Bundan tashqari, mundiallarda doim ham muvaffaqiyatli ishtirok etmayotgan Angliya terma jamoasi chempionlikni qoʻlga kiritса, u holda Harri Keyn Oltin toʻp uchun asosiy daʼvogarga aylanadi. Tanganing yana bir tomoni bor, agar Portugaliya jahon chempionatini, PSJ esa Yevropa Chempionlar ligasini yutadigan boʻlsa, Vitinʼya va Joao Neveshning imkoniyatlari oshib ketadi. Ha, aytgan amaldagi Oltin toʻp sohibi Usmon Dembeleni ham chetda qoldirmasligimiz kerak.

Qisqasi, boʻlajak mundial bu savollarning barchasiga yechim topib beradi. Jahon chempionati bahslariga 11-iyun kuni start beriladi.