Endi Superligamizda futbolchilar 27 milliondan, murabbiylar 10 milliondan ko‘p maosh olmaydi
- 23-апрел, 03:31
- Abdukarim Atayev
- 0
- Futbol
Yangi tartibga koʻra, Superliga klublariga homiylik qilib kelgan yirik davlat korxonalari homiylik pullarini bir fondga tashlay boshladi.
OʻFA nazorati ostida har bir yuqori divizion jamoasiga 35 milliard soʻm pul boʻlib-boʻlib tashlab beriladi. Birinchi partiya allaqachon klublar hisobiga oʻtkazildi.
Bu pullarni qanday taqsimlash boʻyicha OʻFA va PFL rahbariyati ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi. Unda aniq qilib aytilgan: davlat bergan puldan hech kimga 27 million soʻmdan ortiq maosh berib boʻlmaydi. Soliqlarni hisobga olsa, futbolchilar eng koʻpi bilan 23 million soʻm atrofida maosh olishi mumkin.
Shuningdek, klubdagi boshqa xodimlarga ham qancha pul berish mumkinligi belgilab berilgan. Masalan, bosh murabbiy 10 million soʻmdan kamroq maosh oladi. Buning yechimi - klublar oʻzlariga qoʻshimcha homiy topishlari kerak.
Manba: Kun.uz