Simona Xalep dunyoning birinchi raqamli tennischisiga aylanishi mumkin

  • 28 mart, 2019, 11:09
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Mayami shahrida tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida "Premera" turkumiga kiruvchi "Miami Open" turnirida chorak final bahslari o‘tkazilmoqda.

Tecno

Ruminiyalik tennischi Simona Xalep mazkur musobaqa yakuniy natijasiga ko‘ra, yana bir bor dunyoning birinchi raqamli tennischisiga aylanishi mumkin.

Ayni damda Simona musobaqaning yarim final bosqichiga yo‘l olib, WTA reytingida chexiyalik Petra Kvitovadan o‘tib ketdi va ikkinchi pog‘onaga chiqib oldi. Agar u finalga yo‘l olsa, yaponiyalik Naomi Osakani ham ochkolar hisobida ortda qoldirib, birinchi raqamli tennischiga aylanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!