Shota Arveladze g‘alabadan keyin o‘yindagi kamchiliklar, statistikaning ta’siri va boshqalar haqida gapirdi

  • 17 fevral, 2020, 18:40
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

OChL-2020 2-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Shahr Xodro" uchrashuvi mezbonlar yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Tecno

Bellashuvdan so‘ng Shota Arveladze quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

- Yigitlar va muxlislarni yirik g‘alaba bilan tabriklayman. Lekin o‘yinimizda baribir kamchiliklar borligi bilindi. Mavsum boshida ekanimiz sezildi, bir necha xatolarga yo‘l qo‘ydik. Ikkinchi bo‘limda o‘yinni o‘zgartirdik va uch gol urdik. O‘yin amaliyoti kamligi bilindi. Eron jamoalari jismonan baquvvat ekanini ta’kidlash lozim. Shunga qaramay, ikkinchi bo‘limda ular ham charchab qolishgandek bo‘ldi.

Futbol jamoaviy o‘ynaladi. Darvozabon qutqarishi, hujumchi esa gol urishi kerak. Bugun shunday bo‘ldi. Xatolar ham jamoaviy xatolardir. Markazda ko‘plab to‘p yo‘qotishlarga yo‘l qo‘ydik. Buning sababi etarli sur’atga kirib olmaganimiz bilan bog‘liq.

Raqibni mensimaslik bo‘lgani yo‘q. Statistika o‘yinga ta’sir ko‘rsatmaydi. Ilgari ularni enggan bo‘lsak, bugun ham shunday bo‘ladi degani emas. O‘rtoqlik o‘yinlaridan rasmiy bahslar katta farq qiladi. Keyingi o‘yinlar oldidan yaxshiroq holatga kirib olishga umid qilamiz, - dedi murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Nursultan Oraqbaev
17/02/2020 20:16
Toshni man 3 0 boladi degandim