Shomurodovning ustozi La Ligada e’tirof etildi

  • 25 may, 2020, 20:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya La Ligasi o‘zining rasmiy tvitter sahifasida 8-raqamda o‘ynagan chempionat tarixidagi eng yaxshi futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Tecno

E’tiborlisi, ushbu ro‘yxatdan 1997-2002 yillarda “Selta” sharafini himoya qilgan rossiyalik futbolchi Valeriy Karpin ham joy oldi. U hozir “Rostov” klubida hamyurtimiz Eldor Shomurodovga ustozlik qilmoqda.

La Liga shuningdek, Predrag Miyatovich ("Real"), Yulen Gerrero ("Atletik"), Andres Inesta ("Barselona"), Ruben Baraxa ("Valensiya"), Toni Kroos ("Real"), Pablo Aymar ("Valensiya"), Michel ("Real"), Santi Kasorla ("Vilyarreal"), Nabil Fekir ("Betis"), Saul Niges ("Atletiko"), Xristo Stoichkov ("Barselona"), Xuan Roman Rikelme ("Vilyarreal") va Kaka ("Real") kabi futbolchilarni ham e’tirof etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!