Shomurodovning kechagi o‘yini necha ballga loyiq ko‘rildi?

  • 10 noyabr, 2022, 00:40
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasi 14-turi doirasidagi "Sassuolo" - "Roma" uchrashuvi yakuniga etdi. Qiziqarli va keskin kurashlar ostida o‘tgan bellashuvda tomonlar 1:1 hisobida durang o‘ynashdi. 

Tecno

Uchrashuvdagi hisob o‘yinning 80-daqiqasida ochildi. Terma jamoamiz a’zosi Eldor Shomurodovning o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan Temmi Abraxam o‘ng qanotdan oshirib berilgan to‘pni bosh bilan darvozaga kiritib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib, aniqrog‘i 85-daqiqada maydon egalari tezkor qarshi hujum uyushtirib, oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. Gol muallifi — Andrea Pinamonti.

Ushbu bellashuvni asosiy tarkibda boshlab, 66-daqiqada zaxiraga olingan hamyurtimiz Eldor Shomurodovning o‘yini 6.9 ballga loyiq ko‘rildi: 

photo_2022-11-10_00-36-42

photo_2022-11-10_00-37-00

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!